Berishdan oldin
- Mushukcha kamida 8 haftalik, yaxshisi 12 haftalik bo'lsin.
- Qurt tushiring, imkon bo'lsa birinchi emlashni qiling.
- Bir nechta aniq rasm oling: maslahatlar.
Yangi egasiga 5 ta savol
- Avval mushuk boqqanmisiz?
- Uyda bolalar yoki boshqa hayvonlar bormi?
- Derazalarda setka bormi?
- Veterinarga olib borishga tayyormisiz?
- Boqa olmay qolsangiz, menga qaytarasizmi?
Bu savollar noqulay emas: mas'uliyatli odam ularni tushunadi.
E'lon qayerga berish mumkin
Saytdagi hadiya bo'limida mushukni izlayotganlar bor. E'lon berish sahifasida «Hadiyaga»ni tanlang.
Ko'p so'raladigan savollar
Hadiyaga berish bepulmi?
Mushuk xaridorga bepul beriladi. E'lon joylash narxi sotish qo'llanmasida ko'rsatilgan.
Ko'chadan topilgan mushukchani nima qilish kerak?
Oldin onasi yaqin atrofda emasligini tekshiring. Yordam kerak bo'lsa, veterinarga ko'rsating, keyin uy izlang.