mushuklar.uz

Mushuk sotish e'loni: matn namunasi va maslahatlar

Yaxshi e'londa zot, yosh, jins, sog'liq, hujjat, narx va hudud aniq yoziladi. Xaridor shu savollarga javob topsa, sizga tezroq yozadi.

Yangilangan: 05.11.2026

E'lon berish

Tayyor namuna

Britan mushukcha, erkak, 3 oylik. Rangi ko'k. Sog'lom, 2 marta emlangan, pasporti bor. Qurt tushirilgan. Tuvakka o'rgangan, mushukcha ovqati yeydi. Xotirjam, bolalarga o'rgangan. Toshkent, Chilonzor. O'zi olib ketadi yoki shahar ichida yetkazib beraman. Narxi: …

Xaridor nimani bilmoqchi

  • Hujjat: pasport, metrika bor-yo'qligi.
  • Sog'liq: faqat haqiqatni yozing; emlangan bo'lsa, necha marta.
  • Xarakter: bolalar yoki boshqa hayvonlarga munosabati.
  • Topshirish: qachondan beri berasiz, dostavka bormi.
  • Sabab: katta mushuk sotilayotgan bo'lsa, nega sotilayotgani.

Xato qilmang

  • "Narxi lichkada" deb yozmang: narxsiz e'longa kamroq yozishadi.
  • "Zotli" deb yozsangiz-u, hujjat bo'lmasa, buni ochiq ayting.
  • Kasalligi yoki kamchiligini yashirmang: keyin xaridor bilan muammo chiqadi.
  • Mushukni 8 haftadan kichik yoshda bermang.

Narxni qanday qo'yish kerak

Narx hisoblagichi shu zot, yosh va hududdagi haqiqiy e'lonlarga qarab oraliq ko'rsatadi. To'liq sotish qo'llanmasini ham o'qing.

Ko'p so'raladigan savollar

E'lon qayerda chiqadi?

E'lon admin tekshirgach saytda va Telegram kanallarida chiqadi. Batafsil.

Telefon raqamini matnga yozish kerakmi?

Yo'q. Bot va sayt raqamingizni alohida maydonga oladi, u kirgan xaridorlarga ko'rinadi.

E'lon berish

Yana o'qing

Yangi mushuklar birinchi kanalda chiqadi

30 000 dan ortiq obunachi. Har kuni yangi e'lonlar, sotilganlar va foydali maslahatlar.

Kanalga obuna bo'lish