Ko'rinishi
Tanasi nozik, boshi uchburchak, ko'zlari ko'k. Yuzi, quloqlari, oyoqlari va dumi tanasidan to'qroq bo'ladi. Mushukcha och rangda tug'iladi, rang keyin chiqadi.
Siam va tay mushuk farqi
Tay mushuk ko'pincha eski turdagi siam deb ataladi: boshi yumaloqroq, tanasi to'liqroq. Rang va xarakteri o'xshash. Saytda ikkalasi bitta "Siam / Tay" zotida turadi.
Xarakter va parvarish
Baland ovozda "gaplashadi", e'tibor talab qiladi va o'ynashni yaxshi ko'radi. Juni qisqa: haftada bir tarash yetadi. Zerikmasligi uchun o'yinchoq va baland joy kerak.
Narxi va e'lonlar
Joriy narxlar: narx statistikasi. Sotuvdagi mushuklar: barcha e'lonlar.
Ko'p so'raladigan savollar
Siam mushukcha nega oq tug'iladi?
Rang haroratga bog'liq: tananing sovuqroq joylari keyinchalik to'qlashadi.
Siam mushuk bolalar bilan chiqishadimi?
Ko'pincha ha, chunki faol va o'yinqaroq. Bola bilan muomalani o'rgating.
Mestizni qanday ajratish mumkin?
Ko'k ko'z va to'q uchlar mestizda ham bo'ladi. Zotni hujjat aniqlaydi: zotni aniqlash.