mushuklar.uz

Mushuk olishda aldanmaslik: firibgarlik belgilari

Eng keng tarqalgan aldash usuli: mushukni ko'rsatmay oldindan pul so'rash. Mushukni ko'rmaguningizcha yoki video qo'ng'iroqda jonli ko'rmaguningizcha pul o'tkazmang.

Yangilangan: 05.11.2026

Yangi e'lonlardan xabar olish

Xavfli belgilar

  • Oldindan to'lov: "bron qilish uchun", "boshqa xaridor bor" deb shoshtirish.
  • Ketma-ket to'lovlar: avval dostavka, keyin "sug'urta", "veterinar hujjati", "qafas puli".
  • Juda arzon narx: zotli mushuk bozordagidan ancha past narxda.
  • Video yo'q: faqat rasm yuboradi, jonli ko'rsatishdan qochadi.
  • Boshqa shahardan "poyezdda jo'nataman", lekin uchrashuvga ko'nmaydi.

O'zingizni qanday himoya qilasiz

  1. Video qo'ng'iroqda bugungi sanani aytishni yoki mushukni qo'lda ko'rsatishni so'rang.
  2. Rasmni Google yoki Yandex rasm qidiruvida tekshiring: internetda ko'p joyda chiqsa, u o'g'irlangan.
  3. Narxni bozor narxlari bilan solishtiring.
  4. Dostavka bo'lsa, ishonchli tanish orqali oldin ko'rdiring.
  5. Pulni iloji boricha uchrashuvda bering.

Aldangan bo'lsangiz

Yozishmalar, karta raqami va chekni saqlang, yana pul o'tkazmang va bankingizga darhol murojaat qiling. E'lon saytimizda bo'lsa, sahifadagi «Shikoyat qilish» tugmasini bosing, biz tekshiramiz.

Ko'p so'raladigan savollar

Bron uchun oz miqdorda pul berish xavflimi?

Ha, agar sotuvchini va mushukni ko'rmagan bo'lsangiz. Firibgarlar ko'pincha aynan kichik summadan boshlaydi.

mushuklar.uz sotuvchilarni tekshiradimi?

E'lonlarni admin ko'rib chiqadi, lekin bitim to'g'ridan-to'g'ri xaridor va sotuvchi o'rtasida bo'ladi. Shuning uchun xavfsizlik qoidalariga amal qiling.

Yangi e'lonlardan xabar olish

Yana o'qing

Yangi mushuklar birinchi kanalda chiqadi

30 000 dan ortiq obunachi. Har kuni yangi e'lonlar, sotilganlar va foydali maslahatlar.

Kanalga obuna bo'lish